Investisiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shohrux Gulamov Germaniyaning ta’lim va migrasiya mutaxassislari bilan uchrashib, hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi:
➖ O‘zbekiston yoshlarini ilg‘or texnologiyalarga o‘qitish va Germaniyada ishga joylashtirish;
➖ Germaniyalik mutaxassislarga O‘zbekistonda mehnat qilish uchun imtiyozlar berish;
➖ O‘zbekiston diplomlarini Germaniyada tan olish va ularni Germaniya ta’lim vazirligining “ANABIN” bazasiga kiritish.