Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistondagi eng qimmat mehmonxona sotuvga qo‘yildi. Sababi esa…

O‘zbekistondagi eng qimmat mehmonxona sotuvga qo‘yildi. Sababi esa…

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qilishicha, O‘zbekiston mehmonxonasi kompleksini sotish bo‘yicha ochiq tanlov savdolari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston mehmonxonasi Toshkentning eng mashhur mehmonxonalaridan biri. U 1974 yilda, shaharning qoq markazida qurilgan. Mehmonxona oynalaridan Amir Temur xiyoboni ko‘rinib turadi. Ko‘p qavatli mehmonxona yer qimirlashiga chidamli bo‘lishi uchun yarim aylana shaklida loyihalashtirilgan. Mehmonxonaning arxitekturasi o‘zida zamonaviy, yevropa uslublarining milliylik bilan uyg‘unligini mujassamlashtiradi. Bu yerda Yevropa standarlariga to‘liq rioya etilgan holda, ammo sharq an’analarini unutmagan holda xizmatlar ko‘rsatiladi.

Ma’lum qilinishicha, tanlov predmetining boshlang‘ich bahosi 33 million AQSh dollari etib belgilangan.

Xo‘sh, muhtasham mehmonxona xorijlik ishbilarmonlarga nasib etadimi yoki mahalliy tadbirkorlarimizga!

Darvoqe, saytimizni kuzatib boring, tanlov shartlarini e’lon qilamiz!

Kiritildi: 12:37 12.02.2019. O'qildi: 7187 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!