Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda yil davomida nechta chaqaloq "sotuvga qo‘yildi?"

O‘zbekistonda yil davomida nechta chaqaloq "sotuvga qo‘yildi?"

O‘zbekistonda sodir etilgan chaqaloq savdosi jinoyati 2018 yil 10 oyida 54 nafar, shu yilning 12 oyiga kelib esa 75 nafarni tashkil etgan. 2019 yil 10 oyigacha bu ko‘rsatkich 57 nafarni tashkil etgan. Bu haqda Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i — Baxtiyor Berdialiyev 5 dekabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanidan so‘ng ma’lum qildi.

“Chaqaloq sotish holatlariga shaxsan o‘zim avval tergov jarayonida uchratganman, sababi bitta — u ham bo‘lsa, yosh qizlarimizning bilib bilmay qo‘ygan noto‘g‘ri qadamlari orqali yuzaga keladi. So‘ng undan qutulish maqsadida chaqaloqlarni tug‘ruqxonalarning o‘zida, eshik ostida yoki begona joyda qoldirib ketish, oxirgi chora sifatida sotish va O‘zbekistondan chiqib ketish holatlari juda ham ko‘p uchrayapti. Shuni aytish kerakki, odam savdosi jinoyati juda og‘ir jinoyat hisoblanib, bu bo‘yicha Jinoyat kodeksining 135-moddasida jinoiy javobgarlik belgilangan. Ushbu jinoyatlar haqida OAVlarida batafsil yoritilib borilmoqda. Shu bois o‘ylaymanki, hozirgi kunga kelib, bu tendensiya bir oz kamaydi” - deydi Berdialiyev.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - Xotin qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i U.Abdullayevaning fikriga ko‘ra, aksariyat hollarda hayotda aldanib qolgan, turmushidan ajrashib, ikki va undan ortiq farzandi bilan og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollar orasida o‘z bolasini sotish holatlari ko‘plab uchraydi.

Abdullayeva Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda ishlash natijasida chaqaloq sotish holatlari 2018 yilga kelib 33 foizga kamayganini ta’kidladi.

Kiritildi: 16:11 06.12.2019. O'qildi: 1743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!