Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda yana bir shifokorga tahdid qilingan video tarqaldi (video)

O‘zbekistonda yana bir shifokorga tahdid qilingan video tarqaldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro va shifokor ishtirokida yuz bergan navbatdagi noxush video tarqaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Navoiy viloyatining Navbahor tumanida yuz bergan. Tasvirlarda fuqaroning shifokor kiyimidagi shaxsga tahdid qilayotganini ko‘rish mumkin.

Videodan tushunish mumkinki, erkak kichik yoshdagi farzandini shifoxonaga olib kelgan. Ammo shifokor bolalar vrachi emasligi, erkak talab qilayotgan pediatr boshqa bemorni ko‘rayotgani, unga qo‘ng‘iroq qilib chaqirtirilganini aytgan. Biroq, erkak shunda ham so‘kinib, shifokorga tahdid qilishda davom etadi.  

“Bu yer senga tibbiyot instituti emas. Javobgarlikni his qilasanmi?! Bor, topib kel. Operasiya deysan, tekshiryapti deysan. Sen hali o‘ynashyapsanmi, mol do‘xtiri”, - deydi erkak videoda.

Kiritildi: 13:15 08.06.2019. O'qildi: 1973 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!