Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda "UzAutoMotors"dan tashqari yana 7 ta kompaniya avtomobil ishlab chiqaradi

O‘zbekistonda "UzAutoMotors"dan tashqari yana 7 ta kompaniya avtomobil ishlab chiqaradi

O‘zbekistonda yana 7 ta kompaniya turli avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi rejalashtirilmoqda. Bu Prezident tomonidan tasdiqlangan 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturida belgilangan.

Dasturga ko‘ra, yaqin yillarda quyidagi kompaniyalar ham avtotransport vositalari ishlab chiqarishni boshlaydi:

— "Navoi-Motors" (Avstriya kompaniyasi bilan hamkorlikda) — pikap, kichik yuk mashinalari, miniven, yo‘l tanlamas, elektromobil, traktorlar (yiliga 12 ming dona)  — Karmana tumani;

— "Manas avto-sanoat" (Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlikda) — yuk mashinalari (yiliga 3 ming dona) — To‘raqo‘rg‘on tumani;

— "Namangan Shangan motors" (BAA kompaniyasi bilan hamkorlikda) — yengil avtomobillar (yiliga 1,8 ming dona) — Chust tumani;

— "Hyundai Motor Uz Namangan" (Koreya kompaniyalari ishtirokida) — tijorat yuk avtomobillari (yiliga 3 ming dona) — Namangan viloyati;

— "ADM Jizzakh" (Koreya eksimbanki ishtirokida) — Lada, Kia, Renault (2-bosqich, yiliga 100 ming dona) — G‘allaorol tumani;

— "Auto Motors Asia" (Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda) — krossoverlar, yuk avtomashinalari, mikroavtobuslar (yiliga 27 ming dona) — Jizzax shahri;

— "Abbos-Eko Agro" (Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda) — yengil avtomobil, miniven, kichik yuk avtomobillari (yiliga 10 ming dona) — Denov tumani.

Kiritildi: 17:02 06.01.2021. O'qildi: 6933 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!