O‘zbekistonda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 84 127 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 6 aprel kuni mamlakatning 10 ta hududida jami 192 ta kasallanish holati aniqlangan.
Yangi kasallanish holatlarining
SSVning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan bir sutka davomida Qoraqalpog‘istonda 10 kishi, Qashqadaryoda bir kishi, Farg‘onada 4 kishi, Toshkent viloyatida 21 kishi, Toshkent shahrida esa 138 kishi, respublika bo‘yicha jami 174 kishi COVID-19’dan tuzalgan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 633 nafarga yetgan.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1439 nafar bemordan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Avvalroq O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 14 mingdan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi emlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.