O‘tgan bir sutka ichida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida koronavirus infeksiyasiga qarshi yana 14 216 kishi emlandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
O‘zbekistonda shu kungacha koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 49 602 nafarga yetdi.
6 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
Eslatib o‘tamiz, aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1 apreldan boshlandi. Emlash dastlab qariyalar, sog‘liqni saqlash xodimlari, OAV vakillarida ko‘ngilli tarzda o‘tkaziladi.
Ular AstraZeneca va O‘zbekiston—Xitoy hamkorligida ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan emlanmoqda. Bunda emlanuvchi birinchi emlanishni qaysi vaksina bilan boshlasa, ikkinchisini ham aynan o‘sha vaksina bilan yakunlaydi.