Statistik ma’lumotlarga qaraganda saraton xastaligi bilan kasallinshi butun dunyo bo‘yicha yildan-yilga ko‘payib boryapti. Mutaxassislar bu hodisani ekologik vaziyatning yomonlashuvi va atrof-muhitning inson organizmiga salbiy ta’siri bilan bog‘lashyapti. Olimlarning fikricha saraton o‘smasining rivojlanishiga avvalo genetik moyillik va kimyoviy moddalarning haddan tashqari ko‘payib ketayotganligi ekan. Shu bois olimlarimiz ushbu xastalikni davolash borasida tinimsiz izlanishlar olib boryapti. Ammo yaratilayotgan kashfiyotlar saraton xastaligi bilan kasallangan bemorlarning hayotini bir muncha vaqt uzaytirishga xizmat qilyapti, xolos. Bu esa ko‘pchilikning saraton xastaligiga davo yo‘q ekan, degan xulosaga kelishiga sabab bo‘lyapti. Ammo yaqinda o‘zbekistonlik olimlarimiz tomonidan ixtiro qilingan yangi bir uskuna saraton xastaligini yo‘q qiluvchi mukobil vositalardan biri bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Toshkent shahridagi “IDEA IMPEX” ilmiy ishlab chikarish korxonasida raxbari va apparat ixtrochisi Komil Ismoilovich Ruziyev bilan qilgan suhbatimiz shu haqda bo‘ldi.
- Komil aka, ushbu qurilma va uning saraton xastaligini davolashdagi samaradorligi haqida batafsil to‘xtalib o‘tsangiz.
- Hozirgi paytgacha, ko‘pgina olimlar onkologik kasalliklarni radioto‘lqinli usul bilan davolashni qo‘llashga harakat qildilar. Bunda ular yuqori, o‘ta yuqori, va ancha baland diapazon elektrmagnit spektrini infraqizil va ultrabinafsha tebranishlarini ishlatdilar. Lekin bularning barchasi samarasiz bo‘ldi. Bu barcha elektrmagnit spektri tebranishlar, to‘plamga yig‘ish va inson terisi o‘smasining ma’lum hududlariga yuborish orqali amalga oshirildi. Chunki bunda to‘lqin uzunligi juda qisqa va gipertermiyani chaqirishga qodir. Biz esa o‘rta diapazon tebranishli oraliq elektromagnit spektri to‘lqinlari ta’siri yo‘li bilan saraton kassaliklarni butunlay davolash mumkinligini kashf qildik.
SARATONDAN BUTKUL XALOS BO‘LISh MUMKIN
Lekin shu paytgacha ko‘pgina olimlarimiz negadir onkologik kasalliklarni davolashda bu usulni samarasiz hisoblab, elektrmagnit spektrining past va o‘rta tebranishlarini hech kim ishlatmagan. Chunki ushbu to‘lqinlarni ancha uzun va gipertermiya samarasini tashkil etmaydi, deb hisoblashgan. Ko‘pgina tadqiqotchilar yuqori intensivli tebranishlarni hujayra mutasiyasiga ta’sir qilishga qodir deb aniqlashgan, va ularni organizmni yemiradigan zaharga qiyoslashgan. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, zaharga qarshi vosita aynan shu zaharning o‘zidan olinadi ya’ni davolashda ana shu zaharning eng kam dozalaridan foydalaniladi. Biz ana shu nazariyani isbotlash uchun “TOR” terapevtik apparatini ishlab chiqdik. U tashqi tebranuvchi konturni ma’lum miqdordagi Gers tebranish bilan o‘rta tebranishli radioto‘lqin oralig‘i ta’siri orqali organizmga yuboriladi ya’ni saraton o‘smasini yo‘q qilish uchun. Eng xavfli o‘smalardan biri hisoblangan saraton o‘smasi o‘zgargan to‘qima hujayralarining nazoratsiz o‘sishi hisoblanadi. O‘sish paytida bu xavfli o‘sma, organizmning me’yoriy faoliyatini buzadi va immunitetning keskin pasayib ketishiga sabab bo‘ladi.
- Bugungi kunda saraton xastaligini davolashda asosan kimyoterapiya usulidan foydalanib kelinyapti. Bu haqda sizning fikringiz qanday?
- Albatta, saraton xastaligini davolashning eng ko‘p tarqalgan usullari quyidagilar hisoblanadi:
XASTALIKNI DAVOLASHDA ESKI USULLAR SAMARASIZ
Ilgari oltin standart hisoblangan ushbu usullar aslida o‘ta samarasiz. Chunki bunday usullar o‘sma xujayralarini yo‘q qilishdan tashqari, inson organizmi immun tizimiga ulkan zarar keltiradi, lekin davolashning boshqa alternativ usullari yo‘qligi bois to hanuzgacha tibbiyotda qo‘llanib kelinmoqda.
Hozirgi paytda ko‘pgina vaksinalar va preparatlar ishlab chiqilyapti. Lekin tadqiqotlar shuni ko‘rsatyaptiki, ushbu pereparatlar inson organizmi uchun ko‘proq zarar yetkazyapti.
Dunyoning ko‘pgina olimlari immun tizimining funksiyasini tezkor reabilitasiya qilish imkonini beruvchi yangi preparat va usullarni ishlab chiqishga harakat qilmoqdalar.
- Bugungi kunda saraton xastaligining kundan-kunga o‘sish darajasi qay darajada deb o‘ylaysiz?
- Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra saraton dunyodagi asosiy o‘limlar sabablaridan ikkinchisi hisoblanar ekan. 2018 yilda dunyoda ushbu kasallikdan 9,6 million inson hayotdan ko‘z yumdi. Saraton dunyoda deyarli har oltinchi o‘limga sababchi bo‘lyapti.
TRILLION MABLAG‘LAR KETYAPTI
Saraton kasalligini davolash uchun ketgan mablag‘lar ham ancha yuqori. 2010 yilda ushbu xastalik bilan og‘rigan bemorlarni davolash uchun taxminan 1,16 trillion AQSh dollariga teng mablag‘ sarf etilgan.
- Hozirgi kunda saraton xastaligining eng ko‘p tarqalgan turalir qaysilar?
- O‘pka (2,09 million o‘lim holatlari), ko‘krak bezi (2,09 million o‘lim holatlari), yo‘g‘on va ingichka ichak (1,80 million o‘lim holatlari), prostata bezi (1,28 million o‘lim holatlari), teri (nomelanom) (1,04 million o‘lim holatlari), oshqozon (1,03 million o‘lim holatlari) saratonlari bugungi kunda saratonning eng ko‘p tarqalgan turlari hisoblanadi.
Sir emaski, bizning mamlakatimizda ham bu ko‘rsatgich quvonarli emas. O‘zbekistonda 100 mingdan ziyod onkologik kasallikka chalingan bemorlar ro‘yxatga olinganligi, 2018 yil 2 iyulda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Davlatning onkologik xizmati” ommaviy-anjumanda xabar qilingan edi. Shundan ko‘rinib turibdiki, ushbu kasallik hech qanday zamon va makon tanlamayapti.
SARATON O‘SMASI TIRIK ORGANIZM
Aslida saraton o‘smasi – bu tirik organizm. Agarda u yarador qilinsa, lekin o‘ldirilmasa, tajovuzkor bo‘lib qoladi va insonni tezroq yeb bitirishga harakat qiladi. Afsuslar bo‘lsinki, dunyo amaliyotida saratonni davolash o‘simtani o‘ldirishga emas, faqatgina yaralashga qaratilgan. Ammo olimlarimiz bir soniya bo‘lsin bu boradagi izlanishlardan to‘xtaganlari yo‘q. Hozirda onkologik kasalliklarni davolashning yangi innovasion yo‘llari ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Bizning “TOR” uskunamiz ham ana shu izlanishlarning bir debochasi bo‘ldi desam adashmagan bo‘laman.
- Ushbu uskunani dastlab qanday sinovdan o‘tkazdingiz va bugungi kunda “TOR” dan davo topayotganlar necha foizni tashkil etyapti?
- Dastlab ushbu uskunani hayvonlarda tadqiqot o‘tkazishga rasman ruxsat olganimizdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika Maxsus Onkologiya va Radiologiya ilmiy amaliy tibbiy Markazi bazasida tadqiqotlar o‘tkazish uchun shartnoma tuzdik. Tadqiqot o‘tkazishda 20 ta oq rangli kalamushlar tanlab olindi va ular standart sharoitlarda plastmassa qafaslarda (har bir qafasda qafasda 5 donadan) saqlandi. Natijalari esa juda qiziq bo‘ldi. 2018 yilning boshida kalamushlar, “TOR – Texnologiya Operativnoy Reabilitasii” generasiyalanadigan terapevtik uskunada 30 minutdan 7 kun davomida o‘rta tebranishli 350 000 Gers elektrmagnit maydoni ta’siriga uchratildi va oradan bir oy o‘tgach ularga Uoker o‘sma shtammi transplantasiya qilindi. Har kuni ikki guruhga bo‘lingan kalamushlarning holati o‘rganib borildi. 5 kun davomida ikki guruhda o‘sma o‘sishi kuzatildi. 10.02.2018 y. dan oldindan “TOR” ta’siri o‘tkazilgan hayvonlar guruhida o‘smaning kamayishi, o‘sma bulgan joyda strup paydo bo‘lishi kuzatilgan. Nazorat hayvonlarida, ya’ni ta’sir utkazilmagan o‘smani o‘sishi davom etdi va 15.02.2018 y. ga barcha hayvonlar halok bo‘ldi.
USKUNA SARATONDAN BUTKUL XALOS ETADI
Tadqiqot guruhi hayvonlarida o‘sma tashkil bo‘lgan joyda chandiq paydo bo‘lgan va soch qoplamasi tiklangan. Barcha hayvonlar yashab qoldi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, ushbu terapevtik uskuna organizmning ko‘nikma reaksiyalarini kuchaytirib, immunomodulyasiyalangan ta’sirga ega, bunda organizmga salbiy ta’sirlar aniqlanmagan.
Usulni o‘ziga xosligi shundaki, “TOR” uskuna generasiyalaydigan o‘zgaruvchan maydonni - o‘rtacha tebranish amplitudasi modulyasiyasi, “Uokker” implantasiyalangan o‘smasi bilan kalamushlarni o‘sma xujayralariga va to‘qimalariga ta’siri hujayralarni ommaviy halok bo‘lishini chaqirmaydi. Lekin transformirlangan hujayralarni “apoptozini” va hujayralarning immunokompetent proliferasiyasiga induksiyalaydi.
- Bugungi kunda ushbu uskuna onkologik kasalliklarni davolashda qo‘llanilayaptimi?
- Albatta, hozirda Respublika onkologiya markazi Toshkent shaxar filiali bilan hamkorlikda ish olib boryapmiz. Ya’ni immunnomodulyator sifatida davolashda “TOR”uskunamizdan samarali foydalanyapmiz. Natijalar juda yaxshi. Hatto xastalikning eng oxirgi bosqichlarini boshidan o‘tkazayotgan bemorlar ham uskunamizdan foydalanib butunlay darddan forig‘ bo‘lish arafasida. Ushbu uskunadan nafaqat, saraton xastaligi balki inson hayoti uchun xavf solayotgan boshqa har qanday kasallikni davolashda ham keng foydalansa bo‘ladi. Masalan, o‘zimning ish tajribamda bu kabi holatlar juda ko‘p kuzatildi. 60 yoshdagi bir ayolning uskuna tufayli boshqa kasallari ham tuzalib ketdi. Yoshligi nimadir sabab bo‘lib onaxon kar va soqov bo‘lib qolgan ekan. Uskunamizdan foydalanib bo‘lgach shu onaxon gapira boshladi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Ammo eng muhimi, bugun insoniyat hayotiga xavf solib turgan saraton xastaligiga Allox nasib kilsa davo topdik.
- Suhbatingiz uchun tashakkur.
Suhbatdosh Gulruh YORMATOVA