Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda qisqichbaqalarni yetishtirish bo‘yicha loyiha tasdiqlandi

O‘zbekistonda qisqichbaqalarni yetishtirish bo‘yicha loyiha tasdiqlandi


«O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi Janubiy Koreya bilan O‘zbekistonda qisqichbaqalarni sanoat miqyosida yetishtirish bo‘yicha «birinchi» loyihani ishga tushirishga kelishib oldi, deb xabar bermoqda «Podrobno.uz» muxbiri.

Shuningdek, mamlakatimizda baliqchilik sohasini takomillashtirish va isloh qilish bilan shug‘ullanayotgan uyushma baliqchilik sohasida tajribaga ega xorijiy davlatlar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatib, respublikamizda amalga oshirish uchun qator loyihalarni taklif etgan.

Jumladan, Vengriya mutaxassislari bilan birgalikda O‘zbekistonda seleksiya markazi tashkil etiladi. U mavjud baliq turlarining populyasiyasini yangilash va yangi turlarni iqlimlashtirishga ixtisoslashadi.

Niderlandiya va Eron bilan birgalikda respublikamizda baliq ozuqasi ishlab chiqaruvchi dunyoning yetakchi kompaniyalarining filiallari ochiladi, Xitoy bilan birgalikda «Qizil kitob»ga kiritilgan baliq turlarining populyasiyasini tiklash loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 01:49 18.05.2024. O'qildi: 1493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!