Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda qancha parranda boqilmoqda?

O‘zbekistonda qancha parranda boqilmoqda?

Prezidentimizning 2018 yil 13 noyabrdagi “Parrandachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori parrandachilik klasterlarini tashkil etish orqali sohani rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Bugungi kunda yurtimizda 81 milliondan ziyod parranda boqilayotgan bo‘lib, ular soni oxirgi 3 yilda 1,3 baravarga ko‘paygan. Tuxum va parranda go‘shtini yetkazish ham mutanosib ravishda o‘sib bormoqda. Bu boradagi raqamlarni aholi jon boshiga taqsimlaydigan bo‘lsak, mamlakatimizda tuxum yetishtirish kishi boshiga 228 donaga, parranda go‘shti ishlab chiqarish esa 6 kg.ga to‘g‘ri kelmoqda.

Yuqoridagi qarorga muvofiq, “Parrandasanoat” uyushmasi tomonidan sohani yanada rivojlantirish yo‘lidagi izlanishlar izchil davom ettirilmoqda.

Parranda nasilchiligini yaxshilash hamda parranda mahsulotlarini ishlab chiqarish sifatini oshirish maqsadida xorijiy kompaniyalar bilan yaqindan hamkorlik qilinmoqda.

Xususan, yaqinda Janubiy Koreyaning xonaki tovuqlaridan nasilli jo‘jalar yetishtirishga ixtisoslashgan “Xan Xyu brider” kompaniyasi tomonidan yurtimizga Xan Xyu zotidan o‘n ikki mingta jo‘ja olib kelindi.

Ma’lum qilinishicha, bunday zotli jo‘jalar tez semiradi. 18 haftada vazni 1,5 kg.gacha tosh bosadi. 120-150 kunda inkubasion tuxum bera boshlaydi.


Kiritildi: 22:30 11.11.2019. O'qildi: 1639 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!