Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda mashinaga egalik qilish uchun yig‘im joriy etiladi

O‘zbekistonda mashinaga egalik qilish uchun yig‘im joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan yo‘l infratuzilmasi sifatini rivojlantirish va yaxshilashda, mintaqaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqlari hamda javobgarligini yanada kengaytirish maqsadida shunday tartib joriy etiladiki, unga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari avtomobilga yonilg‘i va gaz quyish stansiyalari tomonidan avtomobil benzini, dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan va siqilgan gazni oxirgi iste’molchilarga realizasiya qilishda yoqilg‘i birligi uchun 25 so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda mintaqaviy yo‘llarni rivojlantirishga maxsus yig‘im joriy etishga haqli;

tumanlar (shaharlar) xalq deputatlari Kengashlari transport vositasi dvigatelining quvvatidan kelib chiqib, avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yig‘im joriy etishga haqli.

Belgilanishicha, ko‘rsatib o‘tilgan yig‘imlar keng jamoatchilik muhokamalari asosida, muayyan ma’muriy-hududiy birlik aholisi daromadlari darajasini hisobga olib va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda kiritiladi.

Shunday tartib joriy etiladiki, unga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

yo‘l harakatini tartibga solish, mavjud yo‘l-transport infratuzilmasidan oqilona foydalanish, shuningdek, yo‘l harakati ishtirokchilari mas’uliyatini oshirish maqsadida avtomobil yo‘llari va ko‘chalar bo‘ylab avtomobil saqlash joylaridan foydalanganlik uchun to‘lov belgilashga haqli;

transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun yig‘imning bazaviy stavkalari miqdorlarini, shuningdek, yig‘imning bazaviy stavkasiga transport vositasi dvigateli quvvatidan kelib chiqqan holda toifalanadigan qo‘shimcha koeffisiyentlarni belgilaydi.

Quyidagilar:

loyihalash, yo‘l-qurilish ishlarini, shuningdek, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash hamda ekspluatasiya ishlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larni to‘plash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi;

shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarida, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarida (mintaqaviy yo‘llar) loyihalash, yo‘l-qurilish, ta’mirlash va ekspluatasiya ishlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larni to‘plash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh moliya boshqarmalari huzurida avtomobil yo‘llarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armalari tashkil etiladi.

Kiritildi: 12:39 11.12.2019. O'qildi: 4237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!