Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda korrupsiyadan xoli birinchi tashkilot nomi ma’lum bo‘ldi

A A A
O‘zbekistonda korrupsiyadan xoli birinchi tashkilot nomi ma’lum bo‘ldi

Bugun, 11 sentyabr kuni Adliya vazirligi binosida jurnalistlar va Adliya vaziri ishtirokida vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda xalqaro tashkilot SERT International s.r.o’ning O‘zbekistondagi vakili, BMTRD Korrupsiyaga qarshi kurashish global loyihasining vakili, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari ham qatnashdi.

Anjumanda Adliya vazirligi O‘zbekistonda davlat boshqaruv organlari orasida birinchi bo‘lib «Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi» bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatini qo‘lga kiritgani e’lon qilindi.

Vazir Ruslanbek Davletov xalqaro sertifikat talablarini bajarish maqsadida vazirlik tomonidan qanday ishlar amalga oshirilgani xususida gapirdi.

«ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikati korrupsiya holatlarining oldini olish, aniqlash, zarur choralarni ko‘rish hamda korrupsiya xavfini kamaytirishga yo‘naltirilgan maqbul va aniq mezonli chora-tadbirlarni nazarda tutadi. Bu bir necha bosqichlarda amalga oshirildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasining birinchi bosqichi 2019 yilning 1-yarmida amalga oshirildi. Bunda Adliya vazirligi korrupsiya xavflari va faktlarini, xodimlarning o‘z vakolatini suiiste’mol qilishi yoki zarur paytda harakatsizligi holatlarini aniqlash maqsadida keng jamoatchilikni yordamga chaqirdi. Shu bois, adliya organlari va muassasalarida fuqarolarga audio va video yozuv vositalaridan foydalanishga ruxsat berildi. Jamoatchilik nazorati xodimlarning javobgarligini oshirish imkonini berdi.

Shu bilan birga, vazirlik huzurida korrupsiyaga qarshi kurash kengashi tashkil etildi. Korrupsiya xavfiga moyil bo‘lgan vazifalar (vakolatlar) va lavozimlar ro‘yxati shakllantirildi. Internet tarmog‘ida notariuslar bo‘sh ish o‘rinlariga tanlovlar onlayn-translyasiya qilinishi yangiliklardan biri bo‘ldi. Bu bilan, birinchidan, xodimlarni saralab olishning maksimal shaffofligiga, ikkinchidan, vijdonli notariuslarni ishga tayinlashga erishildi.

Ikkinchi bosqich 2019 yilning iyul oyidan 2020 yilning avgust oylarida amalga oshirildi. BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda adliya organlari va muassasalarida «KPMG International» kompaniyasining xalqaro ekspertlarini jalb etgan holda, korrupsiyaga qarshi komplayens nazoratni joriy etish bo‘yicha loyiha amalga oshirildi.

Uchinchi bosqich 2020 yilning iyun-avgust oylarida amalga oshirildi. «SERT International» s.r.s xalqaro tashkiloti tomonidan Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi ISO 37001:2016 «Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi» xalqaro standartiga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlash bo‘yicha audit o‘tkazildi», deya uning so‘zlarini keltirdi Kun.uz muxbiri.

Kiritildi: 16:01 11.09.2020. O'qildi: 7401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!