Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda yana aholi orasida 10 ga yaqin koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda yana aholi orasida 10 ga yaqin koronavirus aniqlandi

2020 yil 30 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3513 (+25) nafarni tashkil etmoqda.  
 
Yangi kasallanish holatlarining 2 nafari Toshkent shahri, 4 nafari Samarqand viloyati, 2 nafari esa Namangan viloyatidan, jami 8 nafar aholi orasida qayd etildi.  13 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan bo‘lsa, 27 may kuni 2 nafar Rossiyadan, 28 may kuni 1 nafar Qozog‘iston va yana 1 nafari Sirdaryo viloyatigi “Guliston” chegara posti orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida tasdiqlandi. 

Ayni paytda yurtimizda 2728 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi. 

Hozirda mamlakatimizda 771 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 7 nafari og‘ir ahvolda, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi. 
 

Kiritildi: 10:01 30.05.2020. O'qildi: 2991 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!