Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni oshmoqda

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni oshmoqda

2020 yil 23 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 53 275 (+224) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 164 nafari Toshkent shahrida, 56 nafari Namangan viloyatida hamda 4 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 193 nafar, Namangan viloyatida 98 nafar, Toshkent viloyatida 85 nafar, Andijon viloyatida 17 nafar, Samarqand viloyatida 14 nafar, Qashqadaryo viloyatida 12 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar hamda Navoiy viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 49 649 (+425) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 182 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 17:18 23.09.2020. O'qildi: 5133 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!