Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 3554 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 3554 nafarga yetdi

2020 yil 31 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3554 (+8) nafarni tashkil etmoqda. 
 
?Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 3 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 1 nafari Toshkent shahrida karantinda bo‘lgan fuqaroda, 4 nafari esa Buxoro viloyatida aniqlangan bo‘lib, shundan 3 nafari Shofirkon tumanida koronavirus aniqlangan haydovchi bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar, yana 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi.
 
?Ayni paytda yurtimizda 2783 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 
 
❗️So‘nggi soatlarda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 3 nafar bemorda o‘tkir nafas yetishmovchiligi kuzatilganligi uchun reanimasiya bo‘limiga olingan. 
 
?Hozirda mamlakatimizda 757 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 9 nafar bemor og‘ir, 1 nafar bemor esa o‘ta og‘ir ahvolda. 
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 10:01 31.05.2020. O'qildi: 2899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!