Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar 65 000 nafarga yaqinlashmoqda

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar 65 000 nafarga yaqinlashmoqda

2020 yil 24 oktyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 923 (+112) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 
9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 
15 nafari Andijon viloyatida, 
4 nafari Buxoro viloyatida,
8 nafari Qashqadaryo viloyatida, 
28 nafari Namangan viloyatida, 
14 nafari Sirdaryo viloyatida, 
6 nafari Xorazm viloyatida, 
11 nafari Toshkent viloyatida, 
17 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 62 033 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 346 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 10:15 24.10.2020. O'qildi: 1873 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!