Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda kamdan-kam uchraydigan tabiat hodisasi kuzatilmoqda

O‘zbekistonda kamdan-kam uchraydigan tabiat hodisasi kuzatilmoqda

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston aholisi g‘ayrioddiy hodisani kuzatishi mumkin — qor donalari huddi tumandan tushgandek yog‘adi. «Gazeta.uz» «O‘zgidromet»dan izoh so‘radi.

Ma’lum qilinishicha, bu hodisa O‘zbekistonda nihoyatda kam uchraydi. U sovuq Sibir antisiklonining ta’siridan kelib chiqadi.

«Shu bilan birga, yer yuzasidagi havo qatlamlarining tungi kuchli sovishi tufayli pastki havo qatlamlari yuqori qatlamlardan sovuqroq bo‘lganda, haroratning teskari o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Natijada konveksiyani oldini oladigan „blokirovka qiluvchi“ qatlam paydo bo‘ladi», — deya aniqlik kiritdi «O‘zgidromet».

Bunday holatda, jadal ravishda ishlaydigan qozonlarning quvvatlari orqali havoga ko‘p miqdorda tashlanadigan iliq bug‘, huddi shu qatlamga «urilib» tushgandek, quyuqlashadi va qor donalari shaklida yog‘adi.

Tadqiqotchilar buni «texnogen qor» deb atashadi. Lekin bu antropogen omil ta’sirida o‘zgartirilgan tabiiy hodisadir, deyiladi izohda.

Kiritildi: 16:59 06.01.2021. O'qildi: 9215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!