Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda juma bilan tabriklash rostdan ham taqiqlandimi?

O‘zbekistonda juma bilan tabriklash rostdan ham taqiqlandimi?

"Juma tabrigi", "Qur’oni karim oyatlari", "Payg‘ambar alayhissalom hadislari", O‘zbekiston ulamolari va imom-domlalarining mav’izalarini tarqatish go‘yoki mumkin emas, degan mazmundagi asossiz xabarlar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilmoqda. Ushbu holat yuzasidan Musulmonlar idorasi Axborot xizmati munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-saytlari, masjid-madrasalar, iqtidorli imom-xatiblarning sayt va ijtimoiy tarmoq sahifalarini mutolaa qilish hamda ulardagi ma’lumotlarni yaqinlariga ulashish mumkin, jumladan, juma tabriklarini ham tarqatishga ruxsat etilgan. Bularga hech qanday ta’qib yo‘q.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning tizimidagi imom-domlalar tomonidan Internet olamida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda muntazam targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Mo‘min-musulmonlar rasmiy, ishonchli ijtimoiy tarmoqlardagi diniy-ma’rifiy mazmundagi barcha ma’lumotlarni mutolaa qilishlari hamda yaqinlariga ulashishlari mumkin.

Buzg‘unchi oqimlar g‘oyalarini o‘ziga jalb etuvchi musiqiy ohang, fotosurat yoki ramzlar orqali zimdan tarqatishga urinmoqda. Shuning uchun ham ekstremistik g‘oyalarni har qanday shaklda xoh juma tabrigi bo‘lsin, xoh boshqacha atribut yoki surat shaklida bo‘lsin, ularni tarqatish, saqlash va foydalanish qonunan ta’qiqlanadi. Avvalroq tarqatish taqiqlangan ekstremistik sayt va tarmoqlar ro‘yxati e’lon qilingan edi.

Shunday ekan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi fuqarolarni yana bir bor ogoh va hushyor bo‘lishga chaqiradi.

Kiritildi: 12:41 30.05.2023. O'qildi: 6824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!