Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning “Aqlli issiqxonalar” texnologiyasi o‘rganiladi

O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning “Aqlli issiqxonalar” texnologiyasi o‘rganiladi

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Janubiy Koreyaning “Camtic” kompaniyasi vakillari hamkorligida Koreya tajribasi asosida “Aqlli issiqxonalar” texnologiyalari bo‘yicha 10-kunlik o‘quv-seminari davom etmoqda.

Mazkur o‘quv-seminar “O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligi sanoat texnologiyalari innovasion markazini tashkil etish” loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.

Loyiha asosida tizim tashkilotlari va Toshkent davlat agrar universitetining saralab olingan 50 nafar ishtirokchilari koreyalik mutaxassislar tomonidan 3,5 yil davomida “Aqlli issiqxonalar”ni kompyuter dasturi asosida boshqarish jarayonlari, issiqxonalarni raqamlashtirish borasidagi Koreya tajribasini o‘rganish va uning afzalliklari, imkoniyatlari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshiradi.

Kiritildi: 11:08 26.06.2024. O'qildi: 811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!