Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi sentyabrda kuzatilgan inflyasiya darajasi haqida ma’lumotlarida go‘sht qimmatlashiga sabab bo‘lgan omillarni sanab o‘tdi.
Vazirlik ma’lumotnomasida keltirilgan asosiy sabablar quyidagilar:
“Shu bilan birga, 2020 yil yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda 1840 ming tonna (tirik vaznda) go‘sht ishlab chiqarilgan (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 foizga ko‘proq). Bundan tashqari, 2020 yil yanvar-sentyabr oylarida 14 ming tonna mol go‘shti va 20 ming tonna tovuq go‘shti import qilingan”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, sentyabr oyida FAO indeksi bo‘yicha go‘sht narxining global kon’yunkturasi joriy yilning yanvar oyidan buyon kuzatilgan umumiy pasayish tendensiyasini davom ettirib, avgust oyiga nisbatan biroz (0,9 f.b.ga) tushib, o‘rtacha 7,4%ga kamaydi. Yillik hisobda, indeks o‘tgan yilning mos oyidagi qiymatidan 9,5% ga kamaydi.
Vazirlik mamlakatdagi o‘sht mahsulotlari narxining o‘sishi nafaqat tashqi omillar, balki ichki bozorlardagi tartibga solinish mexanizmlarining samarasizligi tufayli yuzaga kelgan deyish mumkinligini qayd etgan.
“Bu, o‘z navbatida, ishlab chiqarish darajasining kamtarona o‘sishiga qaramasdan, go‘sht mahsulotlarini yetkazib berishning yetarli darajasini ta’minlash uchun ozuqa bazasining rivojlanmaganligi bilan bog‘liq”, - deyilgan xabarda.