Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda go‘sht, baliq, kartoshka mahsulotlari QQSdan ozod qilindi

O‘zbekistonda go‘sht, baliq, kartoshka mahsulotlari QQSdan ozod qilindi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 oktyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Bu haqda Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, 2021 yil 10 oktyabrdan 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olinadigan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni realizasiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek, ularni O‘zbekistonga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning mayida Prezident Shavkat Mirziyoyev go‘sht va o‘simlik yog‘ining jahon bozoridagi narxlari 1 yildan buyon to‘xtovsiz o‘sayotgani barcha rahbarlarni zarur chora-tadbirlarni ko‘rishga undashi kerakligini ta’kidlagandi.

Kiritildi: 20:15 26.10.2021. O'qildi: 2647 marta. Fikrlar soni: 11 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!