Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda yer bozori rivojlanyapti

A A A
O‘zbekistonda yer bozori rivojlanyapti

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti - FAO O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda navbatdagi qo‘shma tadbir - seminar tashkil qildi.

Yig‘ilishda yurtimizda yer resurslarini boshqarish, yer bozorini rivojlantirish, yer islohotini baholash hisoboti asosida tayyorlangan xulosa va tavsiyalar taqdim etildi. Seminar FAO-Turkiya oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorligi dasturi (FTPP II) tomonidan moliyalashtirilayotgan “Erni tashlandiqqa chiqarish muammosini hal qilish va birlashtirish mexanizmini takomillashtirish uchun qishloq xo‘jaligi yerlari bozorini mustahkamlash” loyihasi doirasida tashkil etilgan.

Milliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etgan anjuman yerga bo‘lgan huquqni ta’minlash, fermerlarga yer ajratish, yer bozorini rivojlantirish bo‘yicha hisobotda keltirilgan masalalarni muhokama qilishga imkon berdi.

Qayd etish kerak, FAOning mintaqaviy loyihasi Turkiyada yerli birlashtirish bo‘yicha amaldagi dastur va Ozarbayjonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan dastur bilan bog‘liq holda yer bankini joriy qilishni qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek, O‘zbekistonda yer bozorini rivojlantirishga ehtiyojni va yer resurslarini boshqarish vositasining qanchalik joriy qilish mumkinligini baholashga qaratilgan.

Loyiha, shuningdek, yer egaligi kafolati, fermerlarga yer ajratish va qishloq xo‘jaligi yerlaridan yanada barqaror foydalanishni ta’minlash uchun yer bozorini rivojlantirish bo‘yicha boshqa chora-tadbirlar va vositalar sohasida institusional salohiyatni rivojlantirishni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Loyihaning uchta maqsadli davlati – Turkiya, Ozarbayjon va O‘zbekistonda yerga egalik qilish tizimi va yer siyosati turlicha, biroq umumiy maqsad – qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali va barqaror foydalanishni ta’minlash.

Loyiha natijalari taqdimoti davomida FAOning yerga egalik bo‘yicha mutaxassisi Morten Xartvigsen fermer xo‘jaligiga sarmoya jalb etish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlaridan barqaror foydalanishning muhim sharti sifatida fermerlarning xavfsiz yer egaligini ta’minlash muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, dehqon xo‘jaliklari, yoshlar va ayollar uchun qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

Loyiha, shuningdek, Turkiya va ikki mamlakat: Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida bilim almashish va salohiyatni rivojlantirish orqali mintaqaviy hamkorlikning samarali mexanizmini yaratdi. Masalan, 2023 yil sentyabrda Istanbulda tashkil etilgan “LANDNET” mintaqaviy seminarida ham 30 mamlakatdan yuz nafar ishtirokchi o‘rtasida mintaqaviy yer siyosatining ilg‘or tajribasi namoyish etilgandi.

Kiritildi: 15:38 08.12.2023. O'qildi: 1215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!