Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda elektrotexnika tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda

O‘zbekistonda elektrotexnika tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda

Qatarning yetakchi "Qatar Tribune" gazetasida "O‘zbekiston Yevropa, Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga elektrotexnika mahsulotlari eksportini oshirishni rejalashtirmoqda" sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida 2026 yilgacha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,4 barobar, jumladan, elektrotexnika sanoatida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni 2 barobar, eksportni esa 3 barobar oshirish ko‘zda tutilgani qayd etilgan.

2023 yil sentyabrda qabul qilingan "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida "Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"da belgilangan barcha maqsadlarga erishish ta’minlanib, mamlakatda elektrotexnika sanoati uchun yiliga 300 ming tonna misni qayta ishlash va mahsulotlarni mahalliylashtirish darajasini esa o‘rtacha 65 foizga oshirish vazifasi qo‘yildi, deb ma’lum qilingan nashrda. Bu borada O‘zbekistonda texnologik tarmoqlar, jumladan, elektrotexnika tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan keyingi yetti yilda elektrotexnika sanoati korxonalariga bojxona va soliq imtiyozlari, transport va boshqa xarajatlarni qoplash uchun subsidiyalar berish bo‘yicha qator qonun hujjatlari qabul qilindi.

Xususan, 2027 yil 1 yanvarga qadar elektrotexnika sanoati korxonalarining daromadlari va mol-mulk solig‘i 50 foizga kamaytirildi hamda ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar va asbob-uskunalar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi.

Bundan tashqari, elektrotexnika sanoatida mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini texnik va texnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish bo‘yicha investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qator Dasturlar tasdiqlandi.

"Buning samarasi o‘laroq, keyingi yetti yilda sohaga jalb qilingan investisiyalar hajmi 935 million dollarni, shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar qariyb 400 million dollarni tashkil etdi", – deb yozgan "Qatar Tribune" gazetasi.

Kiritildi: 12:41 27.07.2024. O'qildi: 600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!