O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlantirish uchun kunduzi qimmat, kechasi arzon tariflar joriy etilishi kutilmoqda.
Iste’mol ko‘p bo‘ladigan ertalabki soat 6:00 dan 10:00 gacha hamda kechki soat 17:00 dan 22:00 gacha bo‘lgan vaqt davomida nisbatan oshirilgan tarif, tungi vaqtda esa 50 foizgacha arzonlashtirilgan tarif qo‘llash rejalashtirilgan.