2026 yildan bolalar nafaqasi miqdorini inflyasiya darajasida muntazam oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bolalar nafaqasi 3,5 yil davomida o‘zgarmagan faqat 2025 yil iyulda 10 foizga oshirilgan. Endilikda nafaqa inflyasiyadan kam bo‘lmagan miqdorda indeksasiya qilinadi.
Vazirlik vakiliga ko‘ra, ijtimoiy yordam tizimi raqamlashtirilib, mablag‘lar chindan muhtoj oilalarga manzilli ravishda to‘lanyapti. Shu orqali nafaqalarni oshirish imkoniyati yaratilgan.