Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda birinchi oltin. Bekzod Abdurahmonov ikki karra Osiyo o‘yinlari chempioni

O‘zbekistonda birinchi oltin. Bekzod Abdurahmonov ikki karra Osiyo o‘yinlari chempioni

Osiyo o‘yinlariga yo‘l olgan O‘zbekiston delegasiyasi hisobi yana bitta medal bilan boyidi.

Ikkinchi medalni ham erkin kurashchilar olib berishdi.

74 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bekzod Abdurahmonov oltin medal uchun qozog‘istonlik Daniyar Kaisanovga qarshi bellashdi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegasiyasi Osiyo o‘yinlaridagi ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Qayd etish kerakki, Bekzod Abdurahmonov endi ikki karra Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi. Abdurahmonov 2014 yili Inchxonda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida ham O‘zbekiston delegasiyasiga ilk oltin medalni olib kelgandi.

U shuningdek, jahon chempionati sovrindori, 2016 yilgi Yozgi Olimpiada ishtirokchisi hisoblanadi.

Bundan avvalroq 65 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Sirojiddin Hasanov bronza medal uchun bahsda mo‘g‘ulistonlik Batmagnai Batchuluunni mag‘lubiyatga uchratib, O‘zbekiston delegasiyasiga ilk medalni olib bergandi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 20:03 19.08.2018. O'qildi: 1262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!