Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda ayol haydovchilar soni bir oyda deyarli 500 nafarga oshdi

O‘zbekistonda ayol haydovchilar soni bir oyda deyarli 500 nafarga oshdi

Soliq mobil ilovasida bepul ro‘yxatdan o‘tgan holda daromad solig‘idan imtiyozga ega bo‘lib, bugungi kunda 481,4 ming nafar haydovchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanmoqda. Bu haqda Soliq Qo‘mitasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ulardan 1500 nafarga yaqini ayol haydovchilarga to‘g‘ri kelmoqda. 213,1 ming nafari soliq organlari axborot tizimlari bilan to‘liq integrasiya qilingan 6 ta onlayn-taksi agregatorlari (Yandex, Uklon, MyTaxi, Intellekt servis, Promo Technology group, TOTMEGA) orqali faoliyat yuritmoqda.

2024 yilning o‘tgan davrida ular tomonidan to‘langan soliqlar 20,4 mlrd so‘mni tashkil etgan. Ko‘rsatilayotgan har bir tashish xizmati uchun elektron fiskal chek shakllanmoqda.

Kiritildi: 14:07 23.04.2024. O'qildi: 727 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!