Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda atom tajribasi mavjudmi?

A A A
O‘zbekistonda atom tajribasi mavjudmi?

O‘zbekistonda atom sohasini yaratish uchun baza mavjud – bu mutaxassislar va uran. Ushbu masala xususida "Sputnik O‘zbekiston" tahririyatiga “Yaderniy klub” jurnali bosh muharriri, energetika va xavfsizlik markazi direktori Anton Xlopkov o‘z fikrlarini bildirdi.

“O‘zbekiston o‘z hududida yadroviy tadqiqot rektoriga ega, ikkinchi tadqiqot reaktori ilgari yopilgandi. Shuning uchun davlatda tegishli tarmoqlarda ma’lum tajriba bor. Bundan tashqari, O‘zbekiston tarixan uran hom-ashyosining asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi”, - deb ta’kidladi ekspert.

Uning so‘zlariga ko‘ra, atom elektr stansiya qurishga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan muhim omillar  - moliyalashtirishni jalb qilish imkoniyati va elektr energiyaga talab mavjud.

“Gap bitta quvvati 1000-1200 megavattli atom energobloki uchun 5-6 millard yevro xususida bormoqda”, - deb qo‘shimcha qildi Xlopkov.

 

Kiritildi: 08:46 29.05.2018. O'qildi: 2259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik