Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda 8 oy davomida velosipedlar ishtirokidagi YTHlarda necha kishi halok bo‘ldi?

O‘zbekistonda 8 oy davomida velosipedlar ishtirokidagi YTHlarda necha kishi halok bo‘ldi?

O‘zbekistonda 2020 yilning sakkiz oyi davomida velosipedlar ishtirokida 492 ta avtofalokat qayd etilib, ularda 143 kishi vafot etgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Boshqarma xabariga ko‘ra, yanvar-avgust oylarida motosikl va skuterlar ishtirokida 63 ta yo‘l-transport hodisasi yuz bergan va ularda 9 kishi halok bo‘lgan.

Umuman, yilning 8 oyi mobaynida yo‘l harakati ishtirokchilarining tan jarohati olishi bilan bog‘liq 2605 ta YTH, o‘lim bilan bog‘liq 991 ta YTH yuz bergan.

Avvalroq berilgan ma’lumotga ko‘ra, bu vaqt oralig‘idagi jami YTHlar soni 3 596tani tashkil etadi. Bu – 2019 yilning shu davriga nisbatan 12,6 foizga (520 taga) kam.

2019 yilning yanvar–avgust oylarida oqibati o‘lim bilan tugagan 1 196 ta YTH yuz bergan bo‘lsa, 2020 yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 17,1 foizga kamayib, 991 tani tashkil qildi.

O‘zbekistonda 8 oy davomida velosipedlar ishtirokidagi YTHlarda necha kishi halok bo‘ldi?

Infografika: IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

YTHlarning 1528 tasi piyodalar, 619 tasi bolalar, 471 tasi velosipedchilar, 108 tasi motosiklchilar, 112 tasi lisenziyasiz taksilar va 198 tasi haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan shaxslar bilan sodir bo‘lgan. 28,4 foiz holatda avariyalar piyodalarning ko‘chani noto‘g‘ri joyidan kesib o‘tishi oqibatida yuz bergan.

Shuningdek, YTHlarning 17,1 foizi belgilangan tezlik rejimiga rioya qilmaslik, 13,1 foizi velosipedchilarning yo‘l qatnov qismida harakatlanishi, 9,3 foizi haydovchi piyodani sezmagani, 7 foizi beton to‘siqlar yo‘q joyda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqish, 3,2 foizi haydovchi rulda uxlab qolishi, 2,5 foizi esa mast holda rulga o‘tirish oqibatida kelib chiqqan.

Yo‘l-transport hodisalarining deyarli yarmi (48,9 foizi) davlat ahamiyatidagi (mintaqalararo), 28,2 foizi mahalliy va 22,9 foizi xalqaro ahamiyatga ega yo‘llarda yuz bergan.

Kiritildi: 09:12 16.09.2020. O'qildi: 2097 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!