Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda 370 ming ishchining oylik maoshi oshadi. Ular kimlar?

O‘zbekistonda 370 ming ishchining oylik maoshi oshadi. Ular kimlar?

2019 yilning 1 yanvaridan boshlib eng kam ish haqi oluvchi xodimlarning ish haqlari o‘rtacha 10 foizga oshirildi. Bu haqda Moliya vazirligi xabarida keltirildi.

Jumladan:

- 1 razryadda ish haqi oluvchi xodimlar (farrosh, qorovul, ishchi va boshqalar) ning ish haqlari 1,15 barobarga;

- 2 razryadda ish haqi oluvchi xodimlar (xaydovchi, bog‘bon, ish yurituvchi va boshqalar) ning ish haqlari 1,1 barobarga;

- 3 razryadda ish haqi oluvchi xodimlar (elektrik, santexnik, kassir, laborant va boshqalar) ning ish haqlari 1,05 barobarga oshirildi.

Shunday qilib, eng kam ish haqi miqdorlarining oshirilishi (2018 yil 15 iyuldan 7 foizga va 1 noyabrdan esa 10 foizga) va kam ish haqi olib 1 razryadda ishlovchi xodimlarning ish haqlarini oshirilishi hisobiga eng kam ish haqi miqdori o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan 1,35 barobarga (1,07 1,1 1,15) oshirildi.

Misol uchun, byudjet tashkilotlarida 1 stavkaga ishlovchi farroshning oylik ish haqi miqdori o‘tgan yilning 1 yanvar holatiga (ustama va qo‘shimcha to‘lovlarni hisobga olmagan holda) 426,5 ming so‘m (172 240 2,476) bo‘lgan bo‘lsa, 2019 yil 1 yanvaridan esa 577 ming so‘mni (202 730 2,847) tashkil etdi, yoki 151 ming so‘mga oshdi.

Ta’kidlash lozimki, eng kam ish haqi miqdorining va yagona tarif setkasining quyi darajalari tarif koeffisiyentlarining oshirilishi byudjet sohasida faoliyat yuritayotgan 370 ming ishchining oylik ish haqini va shu bilan birga iqtisodiyotning turli jabhalarida kam ish haqi olib ishlovchi ishchilarning ish haqlarini oshishiga olib keladi , deyiladi Moliya vazirligi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 oktyabrdagi Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida gi Farmoniga muvofiq 2019 yilning 1 yanvariga qadar mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasini qayta ko‘rib chiqish belgilangandi.

Qalampir.uz

Kiritildi: 13:10 31.01.2019. O'qildi: 10780 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!