Bugun 16 may, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda 3 oyda 1,5 trln so‘mlik farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarilgan

O‘zbekistonda 3 oyda 1,5 trln so‘mlik farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarilgan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 1,5 trln so‘mlik asosiy farmasevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36 foizga oshgan.

Hududlar kesimida ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:

Toshkent shahri — 960,7 mlrd so‘m;

Sirdaryo viloyati — 181,9 mlrd so‘m;

Toshkent viloyati — 96,0 mlrd so‘m;

Namangan viloyati — 80,4 mlrd so‘m;

Samarqand viloyati — 71,1 mlrd so‘m;

Farg‘ona viloyati — 35,1 mlrd so‘m;

Andijon viloyati — 34,4 mlrd so‘m;

Surxondaryo viloyati — 19,5 mlrd so‘m;

Qashqadaryo viloyati — 6,1 mlrd so‘m;

Xorazm viloyati — 2,4 mlrd so‘m;

Buxoro viloyati — 2,1 mlrd so‘m;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1,4 mlrd so‘m.

Kiritildi: 23:11 15.05.2026. O'qildi: 156 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!