Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi Frankfurtda muzokara olib bordi

O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi Frankfurtda muzokara olib bordi

19 yanvar kuni Frankfurt shahrida O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi raisi Bahromjon Gaziyev va Zamonaviy beshkurash xalqaro ittifoqi prezidenti doktor Klaus Shormanning tarixiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish masalasi muhokama qilingan uchrashuvda Bahromjon Gaziyev O‘zbekiston zamonaviy beshkurashining holati va istiqbollari haqida batafsil so‘zlab berdi.

Muloqotda ta’kidlanganidek, ko‘p yillardan buyon mamlakatimizda ushbu sport turiga yetarlicha e’tibor berilmagan va shuning uchun rivojlana olmagan edi. Biroq, hozirda vaziyat o‘zgardi.

-O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi va Milliy olimpiya qo‘mitasining birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida qisqa vaqt ichida kuchli murabbiylar va bir nechta iqtidorli sportchi topishga muvaffaq bo‘ldik va Tokio 2020 Olimpiadasida ishtirok etish uchun haqiqiy imkoniyatlar paydo bo‘ldi, dedi Bahromjon Gaziyev.

Klaus Shormann, o‘z navbatida, O‘zbekiston zamonaviy beshkurashini rivojlantirish va ommalashtirishga yordam berishga vada berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston sportchilarini zarur jihozlar bilan ta’minlash va sport majmualarini mashg‘ulotlari uchun zamonaviy uskunalar bilan jihozlash masalalari ham muhokama qilindi.

Klaus Shormann mamlakatimizda ushbu sport turini rivojlantirish borasida o‘z tavsiya, takliflarini bergan bo‘lib, ular O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasining kelajakdagi harakatlarini rejalashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Mamlakatimizda yaqin vaqt ichida O‘zbekiston zamonaviy beshkurash maktabini ochiladi. Qilichbozlik zali, suzish havzalari, yugurish yo‘laklari, stadionlar, konkur maydoni va o‘q otish uchun mo‘ljallangan maydonlarni o‘z ichiga olgan, xalqaro standartlarga mos zamonaviy sport bazasini qurish rejalashtirilgan. Kelgusida ushbu sport bazasida nafaqat zamonaviy beshkurash, balki boshqa sport turlari bo‘yicha ham xalqaro musobaqalar o‘tkaziladi.

O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi raisi ish rejasidagi navbatdagi qadam Osiyo zamonaviy beshkurash konfederasiyasi prezidenti janob Sangvo Park bilan uchrashuvdir. Hozirgi vaqtda uchrashuvning aniq sanasi, joyi va vaqtini belgilash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:34 20.01.2019. O'qildi: 1504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!