O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) molibdenni eng zamonaviy usullarda — gidrometallurgik va pirometallurgik yo‘llar bilan chuqur qayta ishlaydi, noyob metallar asosidagi qattiq qotishmalar va ularga mos sanoat uskunalarini ishlab chiqaradi. Endi esa TMK Xalqaro molibden assosiasiyasi (IMOA) tarkibida va O‘zbekiston Markaziy Osiyo bo‘yicha birinchilardan bo‘lib shunday nufuzli uyushma a’zosi.
Bu a’zolik qanday imkoniyatlar eshigini ochadi?
Molibden bo‘yicha yetakchi global ekspertlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik;
Bozor dinamikasi va texnologik yangiliklardan birinchi bo‘lib xabardorlik;
Ilmiy-tadqiqot loyihalarida hamkorlik va texnik tajriba almashinuvi;
Yangi bozorlar, yangi istiqbollar, yangi innovasiyalar sari yo‘l.
Ma’lumot uchun, TMK Xalqaro volfram assosiasiyasi, Yevropa grafit va uglerod materiallari uyushmasi va Kamyob yer metallari sanoati assosiasiyasining ham to‘laqonli a’zosi hisoblanadi.