Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston World Boxing’ga a’zo bo‘ladimi: tashkilot rahbari Toshkentga keldi

O‘zbekiston World Boxing’ga a’zo bo‘ladimi: tashkilot rahbari Toshkentga keldi

World Boxing prezidenti Boris van der Vorst kecha, 7 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi.

Dastlab Van der Vorstga MOQning faoliyati, o‘zbek sportining shonli tarixi haqida ma’lumot berildi. Shundan so‘ng Van der Vorst va sport vaziri Adham Ikramov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, qo‘mita raisi o‘rinbosari, mamlakat boks federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov hamda MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Yig‘ilishda World Boxing prezidenti tashkilot faoliyati, uning maqsadlari haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, bugungi kunga kelib 49 davlat ushbu xalqaro federasiyaga a’zo bo‘lib, boks rivoji bo‘yicha kelgusida qator istiqbolli loyihalar rejalashtirilgan.

Suhbat davomida boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida 7 ta vazndan 5 tasida oltin medalni qo‘lga kiritgani, bugungi kunda O‘zbekiston boks olamida jahonda yetakchilardan biri ekani ham tilga olindi. Qolaversa, rasmiylar boksning Los-Anjeles—2028 yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturida saqlanib qolishi tarafdori ekanini bildirishdi.

Kiritildi: 10:12 08.10.2024. O'qildi: 859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!