Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston vakillari “Aqlli millat ko‘rgazmasi – 2024”ga taklif qilindi

O‘zbekiston vakillari “Aqlli millat ko‘rgazmasi – 2024”ga taklif qilindi

Kuala-Lumpurdagi Malayziya xalqaro savdo va ko‘rgazmalar markazida ish boshlagan “Aqlli millat ko‘rgazmasi - 2023”da O‘zbekiston elchixonasi vakillari ham ishtirok etyapti.

Ko‘rgazmada tadbir ishtirokchilariga mamlakatimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirish sohasida olib borilayotgan islohotlar, IT Park Uzbekistan va so‘nggi yillarda yurtimizda innovasion ekotizimini rivojlantirishda startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Malayziya tomoni O‘zbekiston vakillarini kelgusi yili tashkil etiladigan “Aqlli millat ko‘rgazmasi - 2024” ko‘rgazmasida o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishga taklif qildi.

Ko‘rgazma ishida doirasida uning qator qatnashchilari, jumladan, Malayziyaning “Tron Bradbury Energy”, “Drone Academy Asia” va “Teleplex Solutions Sdn Bhd” kompaniyalari vakillari O‘zbekistonda faoliyat yuritish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga qiziqish bildirishdi.

Kiritildi: 18:55 23.09.2023. O'qildi: 1424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!