Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida Konvensiya kuchga kirmoqda

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida Konvensiya kuchga kirmoqda

2020 yil 17 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bilan Yaponiya o‘rtasida ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish va bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risidagi Konvensiya kuchga kiradi.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida 2019 yil 19 dekabr kuni Tokio shahrida imzolangan.

Konvensiya soliq sohasida qulay shart-sharoit yaratish va soliq ma’muriyatchiligi shaffofligining xalqaro standartlariga javob beradigan ikki tomonlama munosabatlarning mustahkam huquqiy asoslarini shakllantirish orqali savdo-iqtisodiy va investisiyaviy salohiyatni kengaytirishga qaratilgan.

Hozirda ikki davlat o‘rtasidagi mazkur sohadigi munosabatlar SSSR Hukumati va Yaponiya Hukumati o‘rtasida 1986 yil 18 yanvardagi daromad solig‘iga nisbatan ikki tomonlama soliqqa solishni oldini olish to‘g‘risidagi Konvensiya bilan tartibga solinib kelayotgan edi (ushbu Konvensiyaga nisbatan O‘zbekistonning huquqiy vorisligi 1994 yil 17 mayda notalar almashinuvi bilan belgilangan). Yangi Konvensiya mazkur hujjatni almashtiradi.

Konvensiyaning to‘liq matni bilan  www.lex.uz saytida tanishish mumkin.

Kiritildi: 09:38 25.09.2020. O'qildi: 1712 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!