Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bosh Assambleyasi doirasida Ukraina tashqi ishlar vaziri Andriy Sibiga bilan uchrashganini ma’lum qildi.
Suhbat davomida savdo, investisiya, ta’lim va madaniy hamkorlik kabi ikki tomonlama munosabatlardagi dolzarb masalalar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi ko‘p tomonlama aloqalarning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilingan.
Saidov uchrashuvimiz O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi muloqotni yanada chuqurlashtirish, sheriklikni mustahkamlash hamda ikki xalq manfaatlari yo‘lida yangi imkoniyatlarni ochish borasidagi qat’iy intilishni tasdiqlaganini ta’kidlagan.
Andrey Sibiga ham o‘z navbatida tomonlar siyosiy muloqotni qayta tiklash va turli sohalarda ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishga kelishib olganini aytgan.