Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalari murabbiylari matbuot anjumanida ishtirok etdi

O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalari murabbiylari matbuot anjumanida ishtirok etdi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo kubogi uchinchi o‘rinchi uchun bahsda Tojikiston termasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv oldidan ikki jamoa bosh murabbiylari matbuot anjumanida ishtirok etdi

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes:
— O‘ylaymanki, ikki jamoa ishtirokidagi navbatdagi uchrashuv ham teng kurashlarga boy bo‘ladi. Chunki Tojikiston bilan ko‘p o‘yinlar o‘tkazganmiz. Ularda raqobatbardosh, hujumkor jamoa bor, kerak vaqtda agressiv bo‘la olishadi va juda yaxshi himoyalanishadi. Biroq g‘alaba qozonishimizga ishonchim komil.

Birinchi navbatda og‘ir uchrashuvdan so‘ng ertangi bahsga jismoniy va ruhiy jihatdan tayyorlanishimiz, ko‘proq energiya yig‘ishimiz va o‘yingacha tiklanishimiz kerak.

Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman. Turnir shuni ko‘rsatdiki, Osiyoda futzal darajasi ancha o‘sgan. O‘ylashimcha, OFK yoshlar jamoalari o‘rtasidagi turnirlarga ko‘proq e’tibor qaratishi lozim. O‘zbekiston mezbonlik qiladigan Jahon chempionati ushbu qit’ada futzalning yanada rivojlanishiga yordam beradi.

Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Pairav Vohidov
— Avvalo, Tailandga kelib, bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga tashakkur aytmoqchiman. O‘zbekiston bilan o‘yinga kelsak, bu jamoa bilan juda ko‘p o‘yin o‘tkazdik. Jamoaning kuchli tomonlari haqida yaxshi bilamiz. Ertangi bahsda yaxshi o‘yin ko‘rsatib g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Futzalchilarimiz uchrashuvga qadar tiklanishi kerak. Yaxshi natijaga erishamiz, deb o‘ylayman.

Turnir davomida Osiyoning eng yetakchi jamoalariga qarshi o‘yinlar o‘tkazdik. Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz.

Kiritildi: 15:39 27.04.2024. O'qildi: 778 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!