Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston va Polsha temir yo‘l sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaydi

O‘zbekiston va Polsha temir yo‘l sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaydi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Zufar Narzullayev boshchiligidagi delegasiya amaliy tashrif bilan Polshaga bordi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar davomida O‘zbekiston delegasiyasi vakillari "Polsha davlat temir yo‘llari" (PKP S.A.) aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Dariush Grayda bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda temir yo‘l tashuvlari sonini oshirish, jumladan o‘zaro imtiyozlar taqdim etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Dariush Graydaning aytishicha, 2025 yil 1 yanvardan boshlab Polsha Yevropa Ittifoqiga raislikni boshlashi bilan Markaziy Osiyo davlatlari, xususan O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratadi.

Muzokaralar yakunida "Polsha davlat temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati rahbariyatining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish, "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatini transformasiya va modernizasiya qilish jarayoniga polshalik ekspertlarni jalb qilish, mamlakatimizda yuk ko‘tarish uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha investisiya loyihasini hamkorlikda amalga oshirish to‘g‘risida kelishib olindi.

Kiritildi: 15:11 22.06.2024. O'qildi: 439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!