Bu haqda Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi vakillari hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishi doirasida kelishib oldi.
Tomonlar energetika sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatni ham imzoladilar.
Boku va Toshkent o‘rtasida ustav kapitali 500 million dollar bo‘lgan qo‘shma investisiya fondini tashkil etish bo‘yicha hukumatlararo kelishuv allaqachon mavjud.