Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston va Janubiy Koreya yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama qil

O‘zbekiston va Janubiy Koreya yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama qil

Amaliy tashrif bilan Seulda bo‘lgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va uning rahbarligidagi delegasiya a’zolari Janubiy Koreya ishbilarmon doiralari vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

"CJ Group, Youngone Corporation, Hyundai Motor Group, Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi, Koreya sanoat federasiyasi rahbariyati bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Ko‘plab istiqbolli yo‘nalishlarda mavjud va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildik".

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 4 noyabr kuni Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi hamkasblari bilan birgalikda Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol tomonidan qabul qilindi, Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Cho Txe Yol bilan muzokara o‘tkazdi hamda "Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi" 17-hamkorlik forumida ishtirok etdi.

Kiritildi: 11:15 09.11.2024. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!