Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston Turkiyaga 60 nafar qutqaruvchi hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasini yubormoqda

O‘zbekiston Turkiyaga 60 nafar qutqaruvchi hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasini yubormoqda

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning janubi-sharqiy qismidagi viloyatlarda 6 fevral kuni Turkiya vaqti bilan soat 04:17 da 7,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Yuz bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgan, jiddiy jarohatlar olgan va katta talafotlar ko‘rgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik yo‘lladi. Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib, davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Shuningdek, Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan qardosh Turkiya davlatiga insonparvarlik yordami va zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, 60 nafar FVV qutqaruvchilari hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilmoqda.

Kiritildi: 16:43 06.02.2023. O'qildi: 1347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!