Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Chili elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Chili elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 24 aprel kuni Chilining mamlakatimizdagi yangi elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Moskva shahrida) Eduardo Eskobardan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Suhbat chog‘ida o‘zaro munosabatlarni faollashtirish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, parlamentlararo muloqot, qo‘shma savdo komissiyalari va hamkorlikning boshqa yangi shakllarini yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Chili o‘rtasida diplomatik munosabatlar bundan qariyb 30 yil avval – 1994 yil 15 sentyabrda o‘rnatilgan. Chilining yangi elchisi Eduardo Eskobar 64 yoshda va u tajribali diplomat sanaladi. Yangi elchi o‘z mamlakatidagi TIV markaziy apparatida va Chilining Isroil, Kot-d`Ivuar, Argentina, Kanada, AQSH, Avstraliya, Ekvador, Iordaniya va Saudiya Arabistonidagi diplomatik vakolatxonalarida ishlagan. 2021 yil may oyidan buyon Rossiyadagi elchi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. U ingliz, ispan va fransuz tillarini mukammal biladi.

Kiritildi: 04:25 25.04.2024. O'qildi: 666 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!