Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasiga yangi rahbar tayinlanadi

O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasiga yangi rahbar tayinlanadi

O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasi raisi Ahmadjon Rahimov o‘z lavozimini tark etdi, deb xabar beradi Kun.uz manbasi.

Rahimov 2018 yilning 4 oktyabr kunidan beri tashkilot rahbari sifatida ishlab kelayotgan edi. Shu davr ichida taekvondochi o‘smirlarimiz tomonidan Olimpiya o‘yinlarida 1ta kumush medal qo‘lga kiritildi. May oyida o‘tkazilgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida esa muvaffaqiyatsiz ishtirok etildi. Taekvondochilarimiz musobaqada birorta medalni qo‘lga kirita olmadilar. Natijada, O‘zbekiston taekvondochilari Olimpiya reytingida sezilarli ravishda pastga tushib ketishdi.

Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasi rahbari lavozimiga Sherzod Toshmatov tayinlanadi. U ko‘p yillar davomida O‘zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan va 2019 yil fevral oyida lavozimini tark etgandi.

Manba: kun. uz

Kiritildi: 04:30 16.06.2019. O'qildi: 1365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!