Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston suv tanqisligi yuqori bo‘lgan davlatlar ichida 8-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston suv tanqisligi yuqori bo‘lgan davlatlar ichida 8-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston suv tanqisligi bo‘yicha dunyo mamlakatlari ichida 25-o‘rinni, suv tanqisligi juda yuqori bo‘lgan davlatlar ichida 8-pog‘onani egalladi.

Joriy yilda O‘zbekiston suv tanqisligi bo‘yicha dunyodagi 164 mamlakat ro‘yxatida 25-o‘rinni egalladi. Bu haqda Jahon resurslari instituti (WRI) ma’lum qildi.

27 mamlakatning 8-qatorida

Unga ko‘ra, O‘zbekiston suv tanqisligi yuqori bo‘lgan 27 mamlakat ro‘yxatida. Ular orasida Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Armaniston, Turkiya, Italiya va boshqa davlatlar bor. Shunday qilib, O‘zbekiston reytingning 8-qatoridaligi ma’lum bo‘ldi.

Favqulodda suv tanqisligi kuzatiladigan davlatlar

Tadqiqot suv tanqisligini, shuningdek, qurg‘oqchilik va daryo toshqinlari xavfini baholadi. Qatar, Isroil, Livan, Eron, Iordaniya, Livan, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Eritreya, BAA, San-Marino, Bahrayn, Hindiston, Pokiston, Turkmaniston, Ummon va Botsvana kabi mamlakatlar favqulodda suv tanqisligi kuzatiladigan davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Vaziyat yanada og‘irlashayotgan mamlakatlar

Ushbu davlatlarda qishloq xo‘jaligi, sanoat va munisipalitetlar har yili yer yuzi va yer osti suvlarining o‘rtacha 80 foizini iste’mol qiladi. Favqulodda suv tanqisligiga duch kelgan 17 mamlakatning 12 tasi Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada joylashganligi aniqlandi. Bu mintaqa issiq va quruq, shuning uchun suv resurslari avvaldan boy emas edi va o‘sib borayotgan talab vaziyatni yanada og‘irlashtirdi.

Kiritildi: 15:35 25.08.2019. O'qildi: 3728 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!