Rossiya elchisi Oleg Malginov aytishiga ko‘ra:
🔸 Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin yil davomida 8 marotaba telefon suhbati va 2 marta ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishdi.
🔸 Rossiyadan O‘zbekistonga yuqori darajali delegasiyalar 25 marta kelib ketdi.
🔸 Mishustin va Aripov boshchiligida hukumatlararo uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔸 Xavfsizlik Kengashlari, Mudofaa va Tashqi ishlar vazirliklari doirasida uchrashuvlar va doimiy aloqa saqlab qolinmoqda.
🔸 Xalqaro miqyosda, BMT doirasida ham o‘zaro qo‘llab-quvvatlash davom etmoqda. Rossiya UNDP doirasida O‘zbekistonga yordam ko‘rsatmoqda.