Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federasiyasi delegasiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federasiyasi delegasiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 noyabr kuni Rossiya Federasiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Rossiya delegasiyasi tarkibida uchrashuvda vazirlar Aleksey Chekunkov va Sergey Kravsov ham qatnashdi.

Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq O‘zbekiston-Rossiya ko‘p qirrali munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv avvalida Dmitriy Chernishenko davlatimiz rahbariga Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Hukumat Raisi Mixail Mishustinning salomini yetkazdi.

Suhbat davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va gumanitar almashinuvni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari faoliyati va O‘zbekistonda ularning yangi filiallarini ochish, yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Mamlakatimiz hududlarining Rossiyaning Uzoq Sharqdagi hududlari bilan amaliy hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni qabul qilish muhimligi ta’kidlandi.

Tomonlar o‘zaro sayyohlar oqimini ko‘paytirish, qo‘shma madaniy va sport tadbirlarini o‘tkazishdan manfaatdor ekanligi qayd etildi.

Kiritildi: 00:04 02.11.2024. O'qildi: 1065 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!