Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston — Qirg‘iziston chegarasida otishma: ikki kishi halok bo‘ldi

O‘zbekiston — Qirg‘iziston chegarasida otishma: ikki kishi halok bo‘ldi

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida qurol qo‘llash bilan bog‘liq hodisa yuz berdi, deb xabar qildi Qirg‘iziston OAVlari Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markaziga tayanib.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Aqsi tumanidagi Deyres qishlog‘ida bir necha qirg‘izistonlik otda O‘zbekiston hududiga noqonuniy ravishda yuk olib o‘tmoqchi bo‘lgan. Ular davlat chegara chizig‘idan 500 metr masofada O‘zbekiston chegarachilari tomonidan aniqlangan.

“Kontrabandachilar to‘xtatish talablariga bo‘ysunmadi. Tinch aholini hibsga olish vaqtida janjal kelib chiqqan. O‘zbekiston chegarachilari qurol ishlatgan, natijada ikki fuqaro halok bo‘lgan. Qolgan huquqbuzarlar Qirg‘iziston hududiga qochib ketishgan”, — deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekiston chegarachilariga ko‘ra, qirg‘izlar qiymati 20 ming dollardan ortiq kontrabanda yukini olib o‘tmoqchi bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘lganlar 38 yoshli O.B.T. va 31 yoshli O.S.T.lar asli O‘zbekiston fuqarolari, biroq 2012 yilda Qirg‘iziston fuqaroligini olganlar.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular qo‘shni davlat pasportlarini saqlab qolishgan.

Ayni paytda davlat chegarasining qirg‘iz-o‘zbek qismida vaziyat barqaror deb baholanmoqda. Kontrabandaga aloqador shaxslar qidiruvga berilgan. Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegara vakillari o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, “yuk 200” “Madaniyat-avtodorojniy” nazorat-o‘tkazish punkti orqali qirg‘iz tomoniga o‘tkazildi.

Kiritildi: 14:32 06.05.2022. O'qildi: 6067 marta. Fikrlar soni: 17 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!