Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti Yashil iqlim fondi bilan hamkorlikni faollashtirish zarurligini ta’kidladi

O‘zbekiston Prezidenti Yashil iqlim fondi bilan hamkorlikni faollashtirish zarurligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahriga amaliy tashrif doirasida Yashil iqlim fondi ijrochi direktori Mafalda Duerteni qabul qildi.

Iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Jamg‘arma tomonidan O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari salohiyatini rivojlantirish va milliy moslashuv rejalarini ishlab chiqishga ko‘mak ko‘rsatilayotgani yuqori baholandi.

Hozirgi kunda qo‘shma loyihalar portfeli 160 million dollarni tashkil etib, suv resurslarini boshqarish, "yashil" energetikani rivojlantirish, "yashil" moliyalashtirish va boshqa bir qator ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan. Bundan tashqari, 5 milliard dollarlik ikkita mintaqaviy va 500 million dollarlik uchta milliy loyiha ishlab chiqilmoqda.

Innovasion ko‘kalamzorlashtirish va yerlarni barqaror boshqarish, Orolbo‘yidagi ijtimoiy-ekologik vaziyatni yaxshilash dasturlarini amalga oshirish orqali sheriklikni yanada kengaytirishga kelishib olindi.

Kiritildi: 01:10 13.11.2024. O'qildi: 679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!