Bugun 3 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti Olmaotaga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Prezidenti Olmaotaga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Prezidenti Olmaotaga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Olmaota shahriga keldi.

Davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev kutib oldi. O‘zbekiston yetakchisi sharafiga faxriy qorovul saflandi va ikki mamlakat bayroqlari ko‘tarildi.

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari norasmiy uchrashuv o‘tkazadilar. Kun tartibidan savdo, sanoat kooperasiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, hududlar o‘rtasidagi faol aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari o‘rin olgan.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashadilar.

Kiritildi: 13:12 29.03.2025. O'qildi: 725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!